O'shda bo'lib o'tgan anjumanda o'zbek xalqining madaniyati namoyish etildi
Oktabr 27, 2023. 15:05 • 53 soniya
• 1534
O'SH, 27-oktyabr. /«Dunyo» AA/. O'sh davlat universitetida «Dunyo xalqlarining madaniyati ko'rgazmasi – O'sh davlat universiteti xalqlarni birlashtiradi» mavzusiga bag'ishlangan madaniy festival bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Unda Qirg'iziston xalqlari assotsiatsiyasi O'sh viloyatining bo'linmasi, O'sh shahar munitsipaliteti va ushbu shaharda faoliyat yuritayotgan Qozog'iston, Rossiya va O'zbekiston konsullik muassasalari, Qirg'iz Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Janubiy viloyatlardagi vakolatxonasi vakillari, O'sh davlat universiteti rahbariyati faxriy mehmon va musobaqa hay’ati sifatida ishtirok etdilar.
Tadbirda ushbu oliy ta’lim maskanida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning o'z mamlakatlari madaniyatini namoyon etadigan ko'rgazmalari namoyish qilindi. Turli xalqlarning milliy liboslari, taomlar, xalq amaliy san’ati namunalari va boshqa buyumlar ko'rgazma peshtaxtalaridan joy oldi. Shuningdek, madaniy festival doirasida xorijlik talabalarning badiiy-musiqiy chiqishlari ham tadbir qatnashchilarining e’tiboriga havola etildi.
Festival doirasida talabalar tomonidan tayyorlangan eng yaxshi ko'rgazmalar tanlovining natijalari bo'yicha universitetning tibbiyot fakultetida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalarning eksponatlari va musiqiy chiqishlari ikkinchi o'ringa sazovor bo'lishdi. Ular pul mukofoti hamda Qirg'iziston xalqlari assotsiatsiyasi O'sh viloyati bo'linmasi raisining tashakkurnomasi bilan taqdirlanishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
"Arda Xiva" turizm majmuasida "Gilamlar jilosi" xalqaro ko'rgazma-festivali bo'lib o'tdi
