O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Janubiy Koreya elchisi joriy yilda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildilar
Iyun 03, 2026. 16:25 • 49 soniya
• 1796
TOSHKЕNT, 3-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov bugun Koreya Respublikasi elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat davomida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalari, jumladan, siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar joriy yilda turli darajalarda rejalashtirilgan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashdi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
O‘zbekiston va Belarus sanoat, energetika va kommunal infratuzilma sohalarida hamkorlikni rivojlantirmoqda
Iqtisodiy diplomatiya•Noyabr 07, 2026. 17:30
Germaniyada O‘zbekistonning turistik va iqtisodiy salohiyatiga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tdi
O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida•Noyabr 07, 2026. 17:00
Jizzaxning investitsiya va turizm imkoniyatlari xorijiy diplomatlarda katta qiziqish uyg‘otdi
“Dunyo” AA reportaji•Noyabr 07, 2026. 16:00
O‘zbekiston va Turkiya tikuv-trikotaj hamda charm-poyabzal sanoatida hamkorlikni kengaytirmoqda
Hamkorlik•Noyabr 07, 2026. 15:30
Barchasi