Malayziya O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari uchun ingliz tilidagi ilmiy adabiyotlarni beg'araz taqdim qildi
Iyun 18, 2025. 11:30 • 27 soniya
• 798
KUALA-LUMPUR, 18-iyun. /"Dunyo" AA/. Malayziyaning yetakchi oliy ta'lim muassasalari O'zbekistonga qiymati 20 ming AQSh dollarga teng bo'lgan ingliz tilidagi o'quv va ilmiy adabiyotlar ko'rinishidagi texnik ko'makni taqdim etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston elchixonasi va Malayziyaning "MARA" Texnologiya universiteti o'rtasida o'tkazilgan muzokaralar natijasida erishilgan kelishuvga muvofiq, 500 ga yaqin, jumladan, muhandislik, tibbiyot, moliya-iqtisod, kimyo-biologiya, matematika va kompyuter texnologiyalari kabi yo'nalishlarga oid ingliz tilidagi adabiyotlar "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi ko'magida O'zbekistonga yuborildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi