O'zbekistonlik yosh matematiklar Singapurda o'tgan xalqaro olimpiadada 16 ta medalni qo'lga kiritdi
Iyul 09, 2025. 07:22 • 42 soniya
• 597
SINGAPUR, 9-iyul. /"Dunyo" AA/. Singapurda "Singapore International Math Olympiad Challenge" (SIMOC-2025) xalqaro olimpiadasining final bosqichi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini 45 nafar iqtidorli yoshlarimiz munosib himoya qildi. Ular milliy saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tib, "Mind Sports" va "Math Warriors" kabi noodatiy formatlardagi bellashuvlarda o'zlarining yuksak bilimlarini namoyon etdilar.
Quvonarlisi, final bosqichida O'zbekiston yosh matematiklari 4 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Shuningdek, 13 nafar vakilimiz rag'batlantiruvchi diplom, 30 nafari esa olimpiadadagi faol ishtiroki uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
Olimpiada g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida so'zga chiqqan "SIMOC" tashkilotchilari mamlakatimiz delegatsiyasining tayyorgarligi va ishtirokini yuqori baholab, kelgusida ushbu xalqaro olimpiadaning muayyan bosqichini O'zbekistonda o'tkazish masalasini ko'rib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Berlinda "O'zbekiston-Germaniya universitetlari birinchi forumi" o'tkazildi
O'zDJTU delegatsiyasi Agradagi universitetga tashrif buyurdi
Farg'ona viloyati maktab o'qituvchilari Yaponiya ta'lim tajribasini o'rgandi