Logo

Mo'g'uliston aviakompaniyasi Ulan-Batordan Toshkentga to'g'ridan-to'g'ri havo qatnovlarini yo'lga qo'yadi

Iyun 23, 2025. 17:20 • 39 soniya

503
Mo'g'uliston aviakompaniyasi Ulan-Batordan Toshkentga to'g'ridan-to'g'ri havo qatnovlarini yo'lga qo'yadi

TOSHKENT, 23-iyun. /"Dunyo" AA/. Mongoliya poytaxti Ulan-Bator shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning mazkur mamlakatga davlat tashrifi arafasida O'zbekiston–Mongoliya biznes-forumi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Transport vazirligi ma'lumotiga ko'ra, tadbir doirasida O'zbekiston transport vazirining birinchi o'rinbosari Mamanbiy Omarov Mo'g'ulistonning "Hunnu Air" aviakompaniyasi rahbari Purevjav Munxjargal bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar Ulan-Bator shahridan Toshkentga to'g'ridan to'g'ri aviaqatnovlarni yo'lga qo'yish bilan bog'liq masalalarni muhokama qildilar.

Xususan, muzokara davomida "Hunnu Air" aviakompaniyasiga kerakli slotlar ajratilishi masalasiga aniqlik kiritildi hamda tranzit yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish mexanizmi va tartibini muvofiqlashtirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.   

Tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasida kelgusidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirishga oid kelishuvlarga erishdi.

Kelishuvga muvofiq, "Hunnu Air" aviakompaniyasi joriy yil sentyabr oyida Ulan-Batordan Toshkentga ilk parvozni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish