Uz / Ўз Ru En

Toshkent

15/Noyabr/2022   O‘zbekistonning TDTga raisligi

TDT Samarqand sammiti yakunlari Turkmaniston ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida

ASHXOBOD, 15-noyabr. /“Dunyo” AA/. Turkmanistonning «News Central Asia» axborot agentligi tomonidan Turkiy davlatlar tashkiloti rahbarlarining Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammiti yakunlariga  bag‘ishlangan turkum maqolalar eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Ularda Samarqandda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) aʼzo davlatlar rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgani, anjumanda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya Prezidentlari, shuningdek, kuzatuvchi mamlakatlar - Turkmaniston Milliy Kengashi  Xalq Maslahati Raisi va Vengriya Bosh vaziri ishtirok etgani qayd etilgan.

Taʼkidlanishicha, sammit doirasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari, shu bilan birga, turizm, energetika va qishloq xo‘jaligi jabhalarida hamkorlik masalalari muhokama qilingani barobarida, shuningdek, fan, taʼlim, texnologiya va innovatsiyalar sohalarida hududlararo hamkorlikning kun tartibi ko‘rib chiqildi.

 Maqolalarda maʼlum qilinishicha, O‘zbekiston TDTga raisligi davomida «Turk dunyosi nigohi– 2040» konsepsiyasini samarali amalga oshirish, 170 milliondan ortiq aholi istiqomat qiluvchi ulkan hududni qamrab olgan tashkilot nufuzini mustahkamlash niyatida.

Nashrlar O‘zbekiston Prezidenti tashkilot doirasida «Yangi iqtisodiy imkoniyatlar makonini» yaratish tashabbusini ilgari surganini ham o‘z o‘quvchilarining eʼtiboriga havola qilgan.

«TDT birinchi sammiti doirasida Turkiy dunyoning eng oliy ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, - deb yozadi Turkmaniston axborot agentligi.-Prezident Shavkat Mirziyoyev turkiy mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklikni mustahkamlashga qo‘shgan hissalari uchun Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamda Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga ushbu ordenlarni topshirdi».

Maʼlumki, O‘zbekiston rahbari tashabbusi bilan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot taʼsis etilgan. Uning birinchi sohibi turkiy dunyo birligiga qo‘shgan hissasi uchun buyuk adib va jamoat arbobi, ulug‘ gumanist Chingiz Aytmatov bo‘ldi. Ushbu mukofotni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov qabul qilib oldi.

Sammit yakunlari bo‘yicha o‘ndan ortiq hujjatlar imzolandi, jumladan, ushbu tuzilma doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da kengaytirishga qaratilgan Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi», deb yozadi  «News Central Asia».

Mavzuga oid

Turkiyadan munosabat: Shavkat Mirziyoyev...

O‘zbekiston Prezdenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy tilli davlat hamkorlik kengashi sammit...

O‘zbekiston Prezidenti: Bu nihollar do‘s...

Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammiti doirasida yana bir xayrli ishga qo‘l uri...

Germaniyadan munosabat: Turkiy davlatlar...

“Deutsche Bank”ning vendor menejmenti rahbari Nejef Salu “Dunyo” axborot agentligiga Tur...

So`nggi yangiliklar