Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/May/2021   Madaniyat

“Anvar” filmi Pusan xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi


TOSHKENT, 17-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Kinematografiya agentligi “Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi” DUK tomonidan suratga olingan “Anvar” qisqa metrajli filmi Pusan (Janubiy Koreya) xalqaro bolalar va yoshlar kinofestivalida ishtirok etadi deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri agentlik maʼlumotiga asoslanib.

Mazkur kinofestival joriy yil 5-12 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

 “Anvar” qisqa metrajli filmi Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilgan “Debyut-2020” yoshlar kinoalmanaxi doirasida suratga olingan 18 ta filmlardan biri.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Shohjahon Subxonov, postanovkachi operator Bahodir Yo‘ldoshev, rassom Shamshetdin Ibrayimov, kompozitor Ubaydullo Karimov, badiiy rahbar Ayub Shahobiddinov.

“Anvar” qisqa metrajli filmida Anvar ismli bolakayning kasalmand yotgan buvisi bilan mehrga to‘la iliq munosabati yoritilgan.

Mavzuga oid

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot mark...

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyuk allomalarimiz merosini o‘rgani...

Rossiyalik mahoratli prodyuser yosh ki...

“O‘zbekkino” milliy agentligida rossiyalik mahoratli prodyuser, pitching bo‘yicha mutaxass...

Xalqaro ekspertlar Toshkent kinofestival...

"O‘zbekkino" milliy agentligida tashkil etilgan "Assalom, Navro‘z" kinooyligi doirasida "...

So`nggi yangiliklar