Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Oktabr/2020   Iqtisodiy diplomatiya

Hindiston bilan savdo-investitsiya sohasida hamkorlik qilish istagidagi ishbilarmonlar diqqatiga!


TOShKENT, 25-oktabr. /"Dunyo" AA/. 2020-yil 26-30-oktabr kunlari O‘zbekiston vaqti bilan soat 14:00 - 16:00 da “O‘zbekiston eksportchilari” uyushmasi tomonidan Hindiston importchilar Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston – Hindiston tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida ikki tomonlama savdoni shakllantirish”ga bag‘ishlangan onlayn ko‘rgazma tashkil etiladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri “O‘zbekiston eksportchilari” uyushmasi manbasiga asoslanib.

Tadbirda O‘zbekistonning Hindistondagi Elchisi Dilshod Axatov, “O‘zbekiston eksportchilari” uyushmasi raisi Muxtor Umarov, Hindiston importchilar Savdo-sanoat palatasi prezidenti Atul Kumar Saksena, shuningdek, mamlakatimiz hamda Hindiston, Bangladesh va Vetnamning to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat kabi qator sohalarida faoliyat yuritayotgan 600 ga yaqin salohiyatli tadbirkor ishtirok etadi.

“O‘zbekiston eksportchilari” uyushmasi raisi Muxtor Umarov mazkur onlayn vebinar haqida batafsil ma’lumot berdi.

“O‘zbekiston eksportchilari” uyushmasi o‘zbekistonlik eksportchi tadbirkorlarning hindistonlik importchilar bilan onlayn muloqotini ta’minlab beradi. Bundan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekiston-Hindiston tadbirkorlari o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, o‘z mahsulotini Hindiston, Bangladesh va Vetnamdagi importchilarga onlayn tarzda taqdim qilishdir. Ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘zaro muloqot chog‘ida mahsulotlar haqida to‘liq ma’lumot olib, shartnoma imzolashlari mumkin bo‘ladi”.

Onlayn uchrashuvlarga kuyidagi Zoom platformasidagi manzillar orqali ishtirok etish mumkin:

2020-yil 26-oktabr

Uchrashuv raqami: 99653866799

Uchrashuv kodi: Ba5ex3

https://zoom.us/j/99653866799?pwd=Q2hPOHg2V0lMM0NBQkFpdExsNDB4QT09

2020-yil 27-oktabr

Uchrashuv raqami: 912 5589 2495

Uchrashuv kodi: 8CNngs

https://zoom.us/j/91255892495?pwd=NmRoWTVhZGNpSUNGakdyRGs3Ykdpdz09

2020-yil 28-oktabr

Uchrashuv raqami: 767 3633 3473

Uchrashuv kodi: 2Yss5M

https://us04web.zoom.us/j/76736333473?pwd=cGV2eG5nSy9SMU5hOHpSenVZbXdUQT09

2020-yil 29-oktabr

Uchrashuv raqami: 783 6304 0697

Uchrashuv kodi: 6N2ZPu

https://us04web.zoom.us/j/78363040697?pwd=YWFKUnorYVdkcXpXNnRWd2x4NWNOZz09

2020-yil 30-oktabr

Uchrashuv raqami: 760 7087 1570

Uchrashuv kodi: 6kdseF

https://us04web.zoom.us/j/76070871570?pwd=MHkyNVFWN3hWM0Q4VWtpRlhkTTlsQT09

Mavzuga oid

Saudiyalik tadbirkor tarixiy vatani O‘zb...

Uchrashuvda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Saudiya Arabistoni bozoriga yet...

Buxoroda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy hamkorl...

Kecha Buxoro shahrida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komis...

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistondan 5 ming ...

Xitoyning «Beijing Xinyu Yatong International Trade Co.Ltd» kompaniyasi bilan O‘zbekistond...

So`nggi yangiliklar