Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Oktabr/2020   Qonunchilik

Milliy preventiv mexanizmni rivojlantirish masalalari xalqaro ekspertlar tomonidan ijobiy baholandi


TOShKENT, 7-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida «Milliy preventiv mexanizm doirasida qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha huquqiy bazani takomillashtirishda parlamentning roli» mavzusida xalqaro onlayn-seminar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Seminar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Parlamentlararo Ittifoq, O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi, YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, BMTning O‘zbekistondagi Doimiy vakolatxonasi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Tadbirda xalqaro ekspertlarning jumladan, Parlamentlararo Ittifoq, Bristol universitetining Inson huquqlarini amalga oshirish markazi, BMTning Qiynoqqa qarshi Quyi qo‘mitasi, BMTning YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha hamda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi, Bola huquqlari bo‘yicha vakil, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi vakillarining ma’ruzalari tinglandi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi BMTning Qiynoqlarga qarshi Konvensiyasini 1995-yilda ratifikatsiya qilib, inson huquq va erkinliklari sohasida, shu jumladan, qiynoqlarga yo‘l qo‘ymaslik va tarqalishining oldini olish uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish sohasida o‘z xalqaro majburiyatlarini bajarishni tashkil etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha izchil va bosqichma-bosqich chora-tadbirlarni amalga oshirib borilayotgani ta’kidlandi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy ekspertlar tomonidan jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan, qamoqqa olingan, shuningdek, ma’muriy qamoq jazosini o‘tayotgan shaxslar huquqlari hamda erkinliklarini tashkiliy-huquqiy ta’minlash bo‘yicha kompleks normativ hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga zamin yaratgan “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ahamiyati alohida qayd etildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z xalqaro majburiyatlarini bajarish doirasida BMTning Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasiga beshta ma’ruza taqdim etdi. 2019-yil noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi BMT qo‘mitasining qiynoqlarga qarshi 68 sessiyasi ishida ishtirok etdi. Unda BMTning Qiynoqlarga qarshi Konvensiyasi qoidalarini bajarish bo‘yicha O‘zbekistonning beshinchi davriy ma’ruzasi ko‘rib chiqilib, Qo‘mitaning Yaquniy xulosasi va tavfsiyalar berildi.

Shu bilan birgalikda, BMTning Milliy preventiv mexanizmni rivojlantirishga oid xalqaro hujjatlarining xorijiy mamlakatlar amaliyotidagi ijrosining tashkiliy-huquqiy jihatlarini umumlashtirish va ishtirokchi davlatlarning vakolatli idoralari tomonidan qiynoqlarga solish hamda muomalada bo‘lish va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlarining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi milliy preventiv mexanizm vazifasini amalga oshirish tizimini takomillashtirish muhimligini bildirildi.

Seminar ishtirokchilari, xususan, xalqaro ekspertlar protsessual qonunchilikni buzgan taqdirda, shu jumladan qiynoqlar yoki psixologik va jismoniy bosimni qo‘llash orqali olingan dalillardan foydalanishni taqiqlash, dalillarni soxtalashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash, «Xabeas korpus» institutini qo‘llash ko‘lamini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish, qiynoqlar oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm yaratish, gender tengligi va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi qonunlarning qabul qilinganligi ijobiy qayd etildi.

Onlayn seminar natijasida xalqaro ekspertlar O‘zbekiston tomoni bilan amaliy hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdilar.
 

Mavzuga oid

Oliy Majlis Senati Konstitutsiyaga o‘zg...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining rasmiy saytida O‘zbekiston Respublikasini...

O‘zbekiston yana bir xalqaro konvensiyag...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020-yil 24-aprelda “Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to...

Adliya organlari va muassasalari faoliya...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliy...

So`nggi yangiliklar