Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Oktabr/2020   Bosh sahifa

«Zamin» fondi vasiylik kengashi raisi ekologiya va atrof-muhitni yaxshilashga oid onlayn davra suhbatida ishtirok etdi


TOShKENT, 22-oktabr. /«Dunyo» AA/. «Zamin» fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ekologiya va atrof-muhitni yaxshilashga oid onlayn davra suhbatida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri fond manbasiga asoslanib.

Tadbirda «Zamin» fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ekologiya va atrof-muhitni yaxshilash yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Qayd etilishicha, «Zamin» fondi hamda YUNEP ko‘magida Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan «Atmosfera havosi ifloslanishining monitoringini avtomatlashtirish» uch bosqichli loyihasining amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Ayni kunlarda loyihaning birinchi bosqichi yakunlanib, 63 ta kuzatuv punkti yagona tahliliy markazga birlashtirilgan.

Monitoring natijalari “monitoring.meteo.uz” ochiq onlayn platformasi va “AirUz” mobil ilovasida e’lon qilib boriladi.
 

Mavzuga oid

«Zamin» fondi vasiylik kengashi raisi e...

«Zamin» fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ekologiya va atrof-muhitni yaxshi...

PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEVNING MINTAQA...

Joriy yilning 29-fevralida Qatar poytaxti Doha shahrida AQSH va “Tolibon” harakati oʻrtasi...

So`nggi yangiliklar