18/May/2022 Ta'lim
BRYUSSEL, 18-may. /«Dunyo» AA/. Vatandoshlar o‘rtasida ommabop bo‘lgan O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi huzuridagi missiyasi va Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasining telegram-kanali IELTS imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun bepul onlayn kursning elektron pochta manzilini eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Kanal maʼlumotlariga ko‘ra, Kvinslend (Avstraliya) universitetining onlayn kursi IELTS imtihonlari uchun mustaqil tayyorlanishning barcha jihatlarini qamrab olgan (tinglash, gapirish, o‘qish va yozish). Kvinslend universiteti IELTS test markazlaridan biri hisoblanadi.
Dastur doirasida 80 soatlik interaktiv materiallar (videofilmlar va mashq vazifalari) taqdim etiladi. Ularni xohishga qarab bajarish mumkin.
Barcha darslar bepul (agar onlayn taʼlim olganlik haqidagi sertifikat kerak bo‘lsa, 99 dollar to‘lanadi).
O‘qish muddati - 8 hafta.