Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/May/2022   TIV yangiliklari

AQSH Davlat kotibining yordamchisi boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga tashrif buyuradi

TOSHKENT, 21- may. /“Dunyo” AA/. 23-25 may kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, bo‘lajak uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida turli sohalardagi O‘zbekiston-AQSH munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi.

Mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 13 dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi Strategik sheriklik muloqotining birinchi majlisi bo‘lib o‘tgan, unda Davlat kotibining yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etgan edi.

Mavzuga oid

Xorijiy diplomatlar O‘zbekistonda vino s...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi mamlakatimiz Alkogol va tamaki bozorini tartibga solis...

O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari "O‘z...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov videokonferensaloqa shakli...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Saudiya...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Saudiya Arabistoni elchisi etib ...

So`nggi yangiliklar