Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Mart/2021   Ekologiya

AQSH elchixonasi vakillari bilan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi


TOSHKENT, 3-mart. /“Dunyo” AA/. Davlat ekologiya qo‘mitasida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Toshkentdagi elchixonasi vakillari bilan onlayn-muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Qo‘mita maʼlum qilishicha, uchrashuvda O‘zbekistonda atrof-muhit davlat monitoringi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda Havoni uzoq masofalargacha transchegaraviy ifloslanishi to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Shuningdek, AQSH tomoni vakillari yangi saylangan AQSH Prezidenti Administratsiyasi Iqlim bo‘yicha Parij bitimiga qaytganini maʼlum qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilishning barcha yo‘nalishlarida alohida uchrashuvlarni tashkil etish hamda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston BMTda Bosh Assambleyaning Or...

Kecha BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida O‘zbekiston doimiy vakolatxonasi tomonidan Pre...

GIZ Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish...

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiy...

ITSV: Orolbo‘yi mintaqasini barqaror riv...

Kecha videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar va tashqi savdo v...

So`nggi yangiliklar