Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Iyun/2022   Hamkorlik

Argentina elchisi bilan sport sohasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi

TOSHKENT, 24-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov kecha Argentina elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Eduardo Antonio Zuayn bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda, shuningdek,  O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov ishtirok etdi.

Suhbat davomida ikki mamlakatlar o‘rtasida sport sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati, kelgusidagi istiqbollari va hamkorlik rejalari muhokama qilindi.

Elchi Argentina Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining amalga oshirilish jarayonini katta qiziqish bilan kuzatayotganini, bu borada O‘zbekiston bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishni ustuvor vazifa deb bilishi va ikki tomonlama aloqalar yo‘lida qatʼiy amaliy choralar ko‘rishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov tomonidan ham Argentina mamlakati sport sohasida, xususan futbolda ko‘plab yutuqlarga erishgani va bu borada O‘zbekiston futboli uchun katta tajriba almashish uchun yaxshi imkoniyat ekanligini taʼkidladi.

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Argentina futboli jahon miqyosida ulkan nufuzga ega ekanligini qayd etib, ikkala mamlakatning barcha yosh toifalarida, xususan, milliy terma jamoalar hamda klublar o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazish, futbol murabbiylarini tajriba almashish uchun Argentina murabbiylar markaziga yuborish yuzasidan o‘z takliflarini bildirib o‘tdi.

Argentinalik diplomat mazkur takliflarni qo‘llab-quvvatlagan holda, hamkorlikka tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Uchrashuv davomida kelgusida hamkorlikda tashkil etiladigan tadbirlar va loyihalar ham muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz,  kecha  Argentinaning  O‘zbekistondagi  elchisi etib tayinlangan Eduardo Antonio Zuayn O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norovga o‘z ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Mavzuga oid

Toshkentda MDHga aʼzo davlatlarning sano...

Kecha Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Sanoat siyosati bo‘yicha kengashini...

O‘zbekiston delegatsiyasi Bryusselda YEI...

Kecha O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov...

O‘zbekiston va Fransiya fuqaro aviatsiya...

O‘zbekiston Transport vazirligida mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Fransiya komp...

So`nggi yangiliklar