Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

Atirau viloyatida vaqtincha ishlayotgan yurtdoshlarimiz referendumda faol ishtirok etadi

OQTOV, 30-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari Atirau viloyatiga ishchi tashrifi davomida “Nauriz”, “Dastan” va “Saburov-Ye” dehqon xo‘jaliklarida vaqtincha ishlayotgan  yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Vatandoshlar bilan kechgan muloqot chog‘ida ularning mehnat sharoitlari o‘rganildi, konsullik va huquqiy masalalar bo‘yicha tegishli maslahatlar berildi.

Mamlakatimiz hayotida ro‘y berayotgan muhim ijtimoiy-siyosiy voqealar, shu jumladan, O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha joriy yilning 30 aprel kuni o‘tkaziladigan referendum haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasini ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspert va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etgani taʼkidlandi. Yangilanayotgan Konstitutsiya butun jamiyatimizni aholining barcha qatlamlari manfaatlarini hisobga olgan holda rivojlangan davlat – Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida birlashtirgani qayd etildi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar davomida fuqarolarimiz 19-26 aprel kunlari konsullik okrugi hududida tashkil etiladigan saylov uchastkalarida bo‘lib o‘tadigan muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etishga chaqirildi.

O‘z navbatida, yurtdoshlarimiz yangilanayotgan Konstitutsiyani qo‘llab-quvvatlashlarini bildirib, bo‘lajak  umumxalq referendumida faol etishlarini bildirishdi.

Mavzuga oid

Ispaniya va Portugaliyadagi faol vatando...

Mamlakatimizning Ispaniyadagi elchixonasi tomonidan Portugaliyadagi “Vatandosh” o‘zbek vat...

Yaponiyadagi vatandoshlarimiz O‘zbekisto...

Yaponiyadagi vatandoshlarimiz O‘zbekistonda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlarga o‘z m...

Janubiy Koreyadagi vatandosh: Yangi O‘...

Mansur Omonov, Xanyang universiteti raqamli innovatsiya va sunʼiy intellekt yo‘nalishi dok...

So`nggi yangiliklar