Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Oktabr/2022   Fakt

Avstriyaning amaldagi Prezidenti saylovda yetakchilik qilmoqda

TOSHKENT, 10-oktabr. /“Dunyo” AA/. Kecha davlat rahbarligi uchun o‘tkazilgan saylovning dastlabki natijalariga ko‘ra, Avstriyaning amaldagi Prezidenti Aleksandr Van der Bellen o‘z lavozimini saqlab qolmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri Germaniyaning «Deutsche Welle» nashriga tayanib.


“dpa” agentligining Avstriya Federal Ichki ishlar vazirligi maʼlumotiga tayanib xabar berishicha, dastlabki natijalariga ko‘ra, Van der Bellen saylovchilarning 54,6 foiz ovozini to‘plagan.

Agentlik maʼlumotiga ko‘ra, yakuniy natijalarni eʼlon qilish uchun yana 800 mingga yaqin pochta orqali yuborilgan saylov byulletenlari tekshirilishi kerak.

Mahalliy qonunchilikka binoan, Avstriya prezidentligi uchun nomzod birinchi turda g‘alaba qozonish uchun 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plashi kerak.

Saylovda mustaqil nomzod sifatida qatnashgan Van der Bellendan tashqari Avstriya yetakchisi lavozimiga yana olti nafar siyosatchi daʼvogarlik qilgan. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, ikkinchi o‘rinni Avstriya Ozodlik partiyasi vakili Valter Rozenkrans egallagan. U 19,1 foiz saylovchilarning qo‘llab-quvvatlashiga erishgan. Boshqa nomzodlar esa 10 foizdan ortiq ovoz  to‘play olmagan.

Avstriyada 9 million aholidan 6,4 million kishi ovoz berish huquqiga ega. Prezident saylovi bo‘yicha ovoz berishning rasmiy natijasi bugun eʼlon qilinadi. Van der Bellen 2017 yil  yanvar oyidan beri davlat rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Mavzuga oid

Navoiy viloyatida qurilayotgan Markaziy ...

Ilgari xabar qilinganidek, Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan ...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Dubayda o‘tka...

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida norasmiy Xalqaro mental arifmetika olimpiad...

Poytaxtimizda xalq diplomatiyasining dav...

Kecha Toshkent Davlat sharqshunoslik universitetida «Xalq diplomatiyasi va yoshlar: kelaja...

So`nggi yangiliklar