Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Sentabr/2022   Sport

Bangkokda vatandoshlar Mustaqillik bayramini nishonladi

BANGKOK, 4-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi tomonidan Tailand, Laos va Kambodja hududida yashayotgan, mehnat qilayotgan, taʼlim olayotgan yoki vaqtinchalik bo‘lib turgan vatandoshlar uchun bayram tadbiri o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlar haqida batafsil so‘zlab berildi.

Shuningdek, davlatimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilangan beshta asosiy yo‘nalish to‘g‘risida maʼlumotlar taqdim etildi.

O‘z navbatida, vatandoshlarimiz O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, ularni amalga oshirishda o‘zlarining munosib hissasini qo‘shishga tayyor ekanini bildirdi.

Tadbir ishtirokchilari uchun o‘zbek milliy taomlari bilan bezatilgan bayram dasturxoni tashkil etildi.

Mavzuga oid

Butunjahon qishki Universiada o‘yinlarid...

O‘zbekiston delegatsiyasi joriy yil 12-22 yanvar kunlari AQSHning Leyk-Plesid shahrida o‘t...

6 nafar bokschimiz Rossiyadan medallar s...

Joriy yil 15-20 fevral kunlari Rossiya Federatsiyasining Komsomolsk shahrida boks bo‘yicha...

Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi yig‘ilishida...

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi ijroiya kengash...

So`nggi yangiliklar