Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Avgust/2020   Iqtisodiyot

Bankrotlik va bankrotlikni tartibga solish sohasida Malayziya bilan hamkorlik rivojlantiriladi


 KUALA-LUMPUR, 5-avgust. /“Dunyo” AA /. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Malayziya Bosh vaziri maʼmuriyati qoshidagi Bankrotlik bo‘yicha davlat qo‘mitasi (Malaysian Department of Insolvency - MDI) vakillari o‘rtasida onlayn muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri.

Videokonferensiyada O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining o‘rinbosari To‘lqin Nabiyev, Malayziya tomonidan MDI bosh direktori Anita Xarun ishtirok etdi.

Malayziya bankrotlik bo‘yicha davlat qo‘mitasi 1995 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bankrotlik masalalari bilan shug‘ullanadigan asosiy davlat tashkiloti hisoblanadi. MDI mamlakatning har bir mintaqasida o‘z bo‘limiga ega. Asosiy faoliyati korxonalarning to‘lovga layoqatsizligini hal qilish, qarzlarni aniqlash va to‘lovlarni kreditorlarga taqsimlashga qaratilgan.

Muzokaralar doirasida korxonalarning to‘lovga layoqatsizligi va bankrotlik tartib-qoidalarini hal qilish, shuningdek, ushbu sohada onlayn xizmatlarni joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bo‘yicha fikr almashildi.

Anita Xarun O‘zbekistonda aholi va biznesni yana-da qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi. Uning fikriga ko‘ra, hozirgi paytda pandemiya va uning salbiy oqibatlari fonida ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va aholining bandligini taʼminlash uchun iqtisodiyotning eng ko‘p taʼsir ko‘rsatgan tarmoqlariga har tomonlama yordam ko‘rsatish zaruriyati oshmoqda.

Malayziyalik mutaxassislar o‘zaro manfaatli sohalarda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirish va kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Muzokaralar natijasida Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga O‘zbekiston Respublikasining «To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasini ishlab chiqishga maslahat ko‘magi berish, MDI mutaxassislarini aniq mavzularga qaratilgan tadbirlarga (vebinarlar va mahorat darslari) jalb qilish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Mavzuga oid

Tuluza shahri hokimligi vakillari bilan ...

O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi delegatsiyasi Tuluza shahri hokimi o...

O‘zbekiston mevasi O'mon savdo rastalari...

O‘zbek mevalarini eksport qilish geografiyasi kengaymoqda.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston tranzitni r...

Bu haqda Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi (XATI) Bosh kotibi Umberto de Pretto O‘zbek...

So`nggi yangiliklar