Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

Belarusdagi vatandosh: Mamlakatimizda har bir islohot eng avvalo inson uchun ekanligi yangilanajak Asosiy qonunimizda mustahkamlanishi katta eʼtiborga loyiqdir

MINSK, 30-mart. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizda Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish va yangilangan Bosh qomusimizni qabul qilish bo‘yicha muhim siyosiy tadbir – umumxalq referendumi o‘tkazilishi yuzasidan Vitebsk davlat veterinariya akademiyasining  4-bosqich talabasi G‘ulomjon Kamaladdinov “Dunyo” axborot agentligiga o‘zining quyidagi fikr-mulohazalarini bildirdi:


- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi mamlakatimiz Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi maʼlumot xalqimiz va jahon hamjamiyati vakillari o‘rtasida katta aks-sado bermoqda.

Men ham bunga o‘z munosabatimni bildirar ekanman, bir jihatni, yaʼni mamlakatimizda har bir islohot - islohot uchun emas, eng avvalo, inson uchun ekanligi yangilanajak Asosiy qonunimizda mustahkamlanayotganini taʼkidlashni istar edim. Bu esa jonajon Vatanimizda inson qadri muqaddas ekanligi to‘g‘risidagi tamoyil o‘z tasdig‘ini yaqqol topmoqda, degan gapdir.

Konstitutsiya loyihasiga kiritilgan yangi qoidalar insonning har taraflama yetuk shaxs bo‘lib yetishishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishi, shubhasiz, katta eʼtiborga sazovor.

Xususan,  taʼlim sohasiga yana-da jiddiy ahamiyat berilayotgani barchani birdek quvontiradigan jihat. Bu yo‘nalishdagi saʼy-harakatlar kelajakda mamlakatimiz ravnaqiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilishiga aminman.

Shu bois 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda yurtdoshlarim qatori men ham faol ishtirok etaman.

Mavzuga oid

Polshadan munosabat: O‘zbekiston Konstit...

Marta Kitley, Polsha milliy banki raisining birinchi o‘rinbosari

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi: Istanbu...

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o...

Malayziyada Konstitutsiyaviy qonun loyih...

Mamlakatimizning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 25- referend...

So`nggi yangiliklar