Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Mart/2022   Toshkent xalqaro investitsiya forumi

Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi Yevropa ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida

BRYUSSEL, 29 mart. /“Dunyo” AA/. Yevropa Ittifoqining yetakchi onlayn-nashrlaridan biri - «EU Reporter» sahifasida «Toshkentda birinchi xalqaro investitsion forum boshlandi» sarlavhali  maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Unda mamlakatimiz poytaxtida birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tgani va  uning yalpi majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgani maʼlum qilingan.

«Davlat rahbari o‘z nutqi avvalida forum ishtirokchilarini qutlar ekan, so‘nggi bir necha yil ichida mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar hamda o‘zgarishlar haqida atroflicha to‘xtalgani barobarida uni yana-da rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Prezident ko‘p asrlar davomida Buyuk Ipak yo‘lining markazida joylashgan qadimiy Movarannahr davlati hududida joylashgan O‘zbekiston dunyoning turli mintaqalaridan kelgan savdogarlar, ishbilarmon va tadbirkorlarning eʼtiborini tortganini, qadim zamonlardan buyon Osiyo, Yevropa, Afrika qitʼalari bo‘ylab karvon yo‘llari kesishgan hudud sifatida mashhur bo‘lganini taʼkidladi.

«EU Reporter», shuningdek, uch ming yillik davlatchilik tarixiga ega bo‘lgan O‘zbekiston qadimdan savdo-sotiq, iqtisodiyot, fan, madaniyat va sanʼat sohalari rivojlangan dunyo markazlaridan bo‘lganini qayd etgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib taraqq...

“Mamlakatlar platformasi”ning O‘zbekiston bo‘yicha yig‘ilishi Toshkent xalqaro investitsi...

Rasmiy: Toshkent xalqaro investisiya for...

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov T...

Misrlik ishbilarmonlar Toshkent xalqaro ...

Qohirada «Xivar» siyosiy tadqiqotlar markazi ko‘magida mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan Tos...

So`nggi yangiliklar