Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Mart/2021   Vatandoshlarimiz

Bosh konsulxona migrantlar uchun bayram dasturxoni yozdi


AKTAU, 23 mart. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Aktaudagi Bosh konsulxonasi Navro‘z bayrami munosabati bilan ushbu shahar qurilish ob’ektlarida mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz ishtirokida bayram tadbiri tashkil qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Bosh konsulxona xodimlari ishtirokchilarni milliy bayram — Navro‘z ayyomi bilan samimiy tabrikladi.

Bayram shukuhuni aks ettirish uchun Qozog‘iston milliy an’analariga xos ravishda o‘tov o‘rnatildi, o‘zbek milliy taomlari tayyorlanib, ishtirokchilarga tarqatildi.

Tadbir doirasida yurtdoshlarimiz Qozog‘iston mehnat migratsiyasi qonun me’yorlari, ish joyida mehnat muhofazasi va karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirildi.

Mavzuga oid

«El-yurt umidi» jamg‘armasi vakillari va...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va «El-yurt umidi» jamg‘armasi hamk...

O‘zbekiston va Turkiya restavratorlari t...

Turkiya Respublikasining “GURSOY GROUP” kompaniyasi taklifiga asosan O‘zbekistondan 12 kis...

Janubiy Koreyada vatandoshlar bilan uchr...

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi xodimlari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining K...

So`nggi yangiliklar