Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Mart/2021   Dolzarb

Bosh konsulxona xodimlari Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot institutida tahsil olayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi


SANKT-PЕTЕRBURG, 4 mart. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi xodimlari konsullik okrugida vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan migrantlar va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan suhbatlar va tadbirlar o‘tkazishni o‘z ichiga olgan yillik reja ijrosi doirasida Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot institutida bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tashrif davomida vakolatxona xodimlari institutning xorijlik talabalar bilan ishlash bo‘yicha dekani V.Puzirev va mazkur oliy bilim yurtida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi.  Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur muassasada 124 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qiydi. Bugungi kunda talabalarning aksariyat qismi pandemiya munosabati bilan O‘zbekistondan turib, masofaviy tarzda o‘quv jarayonida qatnashmoqda.

O‘zbekistonlik talabalarga Sankt-Peterburg shahridagi konsullik vakolatxonasi faoliyati to‘g‘risida batafsil axborot berildi. Xususan, chet elga chiqish pasportini rasmiylashtirish, «Mehr» xayriya jamg‘armasi orqali bir martalik yordam puli olish va bitiruvchilarning Vatanga qaytib, o‘zlariga munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlanishiga oid masalalar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

An’anaga ko‘ra institut rahbariyati bilan kelishgan holda o‘zbekistonlik talabalar ichidan yetakchi saylandi. Yetakchi zimmasiga institut va Bosh konsulxona xodimlari ko‘magi asosida talabalarning muammolarini hal etish va turli madaniy-ilmiy tadbirlar tashkil etish vazifalari yuklandi.

O‘z navbatida, talabalarni qiynayotgan masalalar o‘rganildi. Ularga huquqiy-konsullik xizmati ko‘rsatildi.

Uchrashuv yakunida talabalar Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi talablari, shuningdek, koronavirus pandemiyasi munosabati bilan joriy etilgan cheklovlarga qat’iy rioya etishga chaqirildi.

Mavzuga oid

Shavkat Mirziyoyev: Transchegaraviy tusd...

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Import m...

AQSh ekspertlari fikri: 2018 yil mart o...

AQShning Afg‘oniston va Pokistondagi sobiq maxsus vakili Richard Olsen, Jorj Vashington un...

DFC bosh direktori Adam Boyler: O‘zbekis...

Eslatib o‘tamiz, Adam Boyler va Zalmay Halilzod boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi joriy y...

So`nggi yangiliklar