27/Iyun/2022 Markaziy Osiyo
TOSHKENT, 27-iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun Tojikistonda Milliy birlik kuni 25-marotaba nishonlanmoqda, deb xabar qilayapti “Dunyo” AA muxbiri.
Tojikistonning “Xovar” Milliy axborot agentligi maʼlumotiga ko‘ra, Prezident Emomali Rahmon bayram munosabati bilan yo‘llagan tabrigida xalqni tinchlik, osoyishtalik, siyosiy barqarorlik va milliy birlikni himoya qilishga, hech qachon siyosiy hushyorlikni yo‘qotmaslikka chaqirdi.
Prezident har bir oilaning tinch-osoyishta hayoti, har bir fuqaroning niyat va orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, Vatan ravnaqi va davlat taraqqiyoti faqat tinchlik va barqarorlik bo‘lsagina bardavom bo‘lishi mumkinligini taʼkidladi.
“Xovar” AAga ko‘ra, Milliy birlik kunida har yili uchrashuv va tadbirlar, konsert dasturlari, sport musobaqalari va oziq-ovqat yarmarkalari o‘tkaziladi.