03/Iyul/2022 Tarix
TOSHKENT, 3-iyul. /“Dunyo” AA/. Buxoro tarixiy markazidagi sobiq Shahriston bozori hududidan qadimgi noyob devoriy suratlar topildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston Madaniy meros agentligi maʼlumotiga ko‘ra, Nyu-York universiteti huzuridagi qadimgi dunyoni o‘rganish instituti professori Soren Stark boshchiligidagi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan arxeologik tadqiqotlar yakuniga ko‘ra, bozor hududidan qadimgi noyob devoriy suratlar aniqlangan
Arxeologlar tomonidan qazilgan ikkinchi xandaqdan devoriy rasmning maʼlum bir qismlari deb taxmin etilayotgan qoldiqlar olindi.
Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, ushbu devoriy rasmlar qoldiqlari Varaxshadagi Buxorxudotlar saroyidan topilgan devoriy rasmlardan taxminan to‘rt asr oldin ishlangan.
Arxeologlarning yangi topilmalari faqat ushbu devoriy rasmlar bilan yakunlangani yo‘q. Ular, shuningdek, noodatiy sirlangan yashil ot shaklidagi bolalar o‘yinchog‘ini ham topgan.