Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/May/2022   Eksklyuziv

Buxoroga Jahon hunarmandlar shahri maqomi berildi

 BUXORO, 22-may. /“Dunyo” IA/. Butunjahon hunarmandlar kengashi qadimiy Buxoroga Jahon hunarmandlar shahri maqomini berdi, dedi Buxoro shahar hokimi Jamol Nasirov “Dunyo” muxbiri bilan suhbatda.


– Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik anjumani doirasida kashtachilik sanʼati festivali ham o‘tkazilmoqda, – dedi hokim. – Xalqaro miqyosdagi mazkur tadbirning shahrimizda o‘tkazilishi bejiz emas.

Buxoro qadimdan hunarmandchilik rivojlangan madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda, asosan, hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼatining turli yo‘nalishlari, ayniqsa, zardo‘zlik va zargarlik, kashtachilik sanʼati rivoj topgan.

“Usta-shogird” anʼanasi orqali hunarmandlarning oilaviy sulolalari avloddan-avlodga kasb sirlarini yetkazib kelmoqda. Ayni paytda Buxoroda hunarmandchilik anʼanalari yana-da izchil rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda 800 nafar hunarmand va ularning 5 mingga yaqin shogirdi faoliyat yuritmoqda.

Xususan, ipak gilamdo‘zligi, kulolchilik, zardo‘zlik va zargarlik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi kabi ko‘plab hunarmandchilik turlari ravnaq topmoqda.

Butunjahon hunarmandlar kengashi tomonidan qadimiy Buxoroga Jahon hunarmandlar shahri maqomi berilgani quvonarlidir.

Eslatib o‘tamiz, kecha Buxoro shahrida birinchi Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali anjuman ishtirokchilarining bayramona yurishi bilan boshlandi.

25 mayga qadar davom etadigan festivalda respublikamizning barcha viloyatlaridan 288 nafar hunarmand ishtirok etmoqda. Ulardan 110 nafari zargar, 37 nafari zardo‘zlik ustasi, 44 nafari kashtachi, 97 nafari hunarmandchilikning boshqa yo‘nalishlari vakillaridir.

Festivalga dunyoning 58 davlatidan ishtirokchilar tashrif buyurgan. Forum davomida 112 nafar xorijlik hunarmand o‘z mahoratini ko‘rgazmali tarzda namoyish etadi.

 

Mavzuga oid

Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Mar...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margariti...

Buxoroga Jahon hunarmandlar shahri maqom...

Butunjahon hunarmandlar kengashi qadimiy Buxoroga Jahon hunarmandlar shahri maqomini berdi...

So`nggi yangiliklar