27/Iyun/2022 COVID-19
TOSHKENT, 27-iyun. /“Dunyo” AA/. Yakshanba kuni O‘zbekistonda 133 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgani holda kasallanganlarning umumiy soni 240 ming 478 nafarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Eng ko‘p kasallanish holatlari poytaxtimizda (47), Farg‘ona (21) va Qashqadaryo (15) viloyatlarida qayd etildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, kecha 21 nafar bemor ushbu darddan forig‘ bo‘lgan.
Ayni paytda 938 nafar bemorga daʼvo choralari ko‘rilmoqda.