29/Noyabr/2022 COVID-19
TOSHKENT, 29-noyabr. /“Dunyo” AA/. Dushanba kuni O‘zbekistonda 131 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgani holda kasallanganlarning umumiy soni 246 ming 097 nafarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Kasallikka chalinishning yangi holatlari mamlakatimiz poytaxti (80), Samarqand (23), Buxoro (10), Namangan (10), Surxondaryo (3), Andijon (2), Navoiy (2) va Jizzax (1) viloyatlarida qayd etildi.