19/Avgust/2022 COVID-19
TOSHKENT, 19-avgust. /“Dunyo” AA/. Payshanba kuni O‘zbekistonda 15 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgani holda kasallanganlarning umumiy soni 243 ming 638 nafarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Kasallanish holatlari poytaxtimizda (8) va Toshkent (3), Xorazm (2) viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida (1 kishidan) qayd etildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, bir kun ichida 56 nafar bemor ushbu darddan forig‘ bo‘lgan.
Ayni paytda 614 nafar bemorga davo choralari ko‘rilmoqda.