Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Dekabr/2020   Jamiyat

Davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olish: muammolar va yechimlar


TOShKENT, 5 dekabr. /«Dunyo» AA/. 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni arafasida «Davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olish: muammolar va ularning yechimlari» mavzusida global anjuman bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekiston Oliy Majlis Senati xabariga ko‘ra, global anjuman O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura Akademiyasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida tashkil etildi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etib, mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish borasidagi sa’y-harakatlar haqida ma’lumot berdi.

Xususan, korrupsiyaning kelib chiqish sabablarini ochish, unga qarshi kurashishning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha olimlar, xalqaro tashkilotlar, davlat organlari tomonidan tadqiqotlar o‘tkazilgani, so‘nggi to‘rt yilda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan kompleks institutsional choralar ko‘rilgani, qator normativ-huquqiy hujjatlar, “Yo‘l xaritalari” va dasturlar qabul qilingani ta’kidladi.

Bundan tashqari, Senat raisi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, har bir davlat organining bu boradagi vazifalari aniq qilib belgilab berilgani, ushbu Qonun korrupsiyaga qarshi kurashda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining kuch va imkoniyatlarini birlashtirish imkonini berganini qayd etdi.

Global konferensiya ishtirokchilari byudjet mablag‘larining samarali sarflanishi, xarajatlarning ochiq-oshkoraligini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash muhimligi ta’kidladilar.

Shuningdek, xalqaro ekspertlar tomonidan sohani yanada takomillashtirish, rivojlangan mamlakatlar tajribasini samarali qo‘llash masalalari yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda bu yil maktab o‘qituvchila...

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida joriy yi...

SMTI direktorining birinchi o‘rinbosari ...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar inst...

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash...

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik ha...

So`nggi yangiliklar