Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Sentabr/2021   Mustaqillikka 30 yil

Dehlida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikning imkoniyat va istiqbollari mavzusiga bag‘ishlangan onlayn-anjuman tashkil etildi


DEHLI, 10-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston va Hindistonning o‘zaro iqtisodiy o‘zaro bog‘liqligi: imkoniyat va istiqbollar” mavzusiga bag‘ishlangan interaktiv videokonferensiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Onlayn-tadbir Umumhindiston sanoat tarmoqlari uyushmasi tomonidan O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.

Unda O‘zbekistonning Hindistondagi diplomatiya vakolatxonasi rahbari Dilshod Ahatov, Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Manish Prabhat, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi boshqarma boshlig‘i Oleg Rijichenko, Hindiston paxta assotsiatsiyasi prezidenti Atul Ganatra, “GMR Services Ltd” kompaniyasi rahbari Ashvani Lohani, O‘zbekistondagi “Zarmed Pratiksha Bogishamol” klinikasi hamasoschisi Nishant Bajaj, “Ediface” tog‘-konchilik kompaniyasi direktori Sanjay Bhan, Umumhindiston sanoat tarmoqlari uyushmasiga aʼzo 70 ga yaqin turli kompaniya vakillari ishtirok etdi.

Tadbir chog‘ida O‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar, shu jumladan, 2016 yildan boshlab amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi transformatsiya jarayoni xususida atroflicha so‘z yuritildi.

Hind kompaniyalariga O‘zbekistonda biznes yuritishning afzal jihatlari, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar hamda qulay tadbirkorlik muhiti haqidagi taqdimot materiallari namoyish etildi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida shakllangan oliy darajadagi aloqalar o‘zaro hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini yana-da jadallashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilayotgani alohida taʼkidlandi.

O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan qulay sarmoyaviy imkoniyatlardan foydalangan holda hind tadbirkorlari farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, to‘qimachilik, taʼlim, AKT, tog‘-konchilik sanoati, turizm va qishloq ho‘jaligi sohalaridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga taklif etildi.

Hindistonning Toshkentdagi elchisi M.Prabhat O‘zbekiston biznes uchun keng imkoniyatlarga ega ekaniga alohida urg‘u berdi. U Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat iqtisodiyotini global hamkorlik uchun ochish borasida olib borayotgan eʼtiborga molik siyosati xususida to‘xtalar ekan, hind tadbirkorlarini istiqbolli sohalardagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga daʼvat etdi.

Onlayn-tadbir intihosida Hindiston kompaniyalari tomonidan O‘zbekistonda o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqish bildirilib, muayyan loyihalar bo‘yicha alohida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishga kelishib olindi.

“Youtube” kanalida ushbu tadbirning to‘liq videoyozuvi namoyish qilindi.

Mavzuga oid

Singapurdagi vatandoshimiz mamlakatimiz...

O‘zbekiston davlat mustaqilligining 30 yilligiga munosabati bilan Singapurda istiqomat qil...

Elchi Szyan Yan: Erishilayotgan muvaffaq...

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligini tantanali nishonlas...

Parijda O‘zbekiston mustaqilligining 30 ...

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi va mamlakatimizning YUNESKOdagi doimiy missiyasi ...

So`nggi yangiliklar