Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Mart/2023   Sanalar

“Dubay Opera” majmuasida “Bahor” ansamblining konsert dasturi namoyish etildi

 DUBAY, 21-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbek madaniyatini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish tadbirlari doirasida O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi va Dubay shahridagi Bosh konsulligi ishtirokida Dubay Amirligidagi mashhur “Dubay Opera” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi “Bahor” ansambli konsert dasturi namoyish etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Madaniy dastur namoyishida Bosh konsullik va elchixona taklifiga binoan ushbu davlatda faoliyat olib borayotgan bir qator diplomatiya vakolatxonalarining rahbarlari va xodimlari ishtirok etishdi.

Bundan tashqari, ushbu madaniy tadbirga BAA da faoliyat yuritayotgan yirik tadbirkorlar,  qator mahalliy davlat idoralari xodimlari, sanʼat arboblari, ommaviy axborot vakillari taklif etildi.

Amirliklarda istiqomat qilib kelayotgan vatandoshlarimiz vakillari ushbu tadbirda faol ishtirok etishgani holda Navro‘z bayramini birgalikda nishonladilar.

Tadbir uning barcha ishtirokchilarida unutilmas taassurot qoldirdi.

Mavzuga oid

Kuvaytda Navro‘z shukuhi

Mamlakatimizning Kuvaytdagi elchixonasida Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlandi

Ozarbayjonda Bobur tavallud kuniga bag‘i...

Ozarbayjondagi yetakchi nashrlardan biri - “Adabiyat gazeti” gazetasining elektron portali...

Polshadan tabrik: Xalqimizning bag‘riken...

Polshada tahsil olayotgan vatandoshlarimiz Navro‘z bayrami munosabati bilan yurtdoshlarimi...

So`nggi yangiliklar