Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Yanvar/2021   Jamiyat

“Dunyo” axborot agentligi va “Texnopark” MCHJ axborot hamkorligi haqida kelishib oldi


TOSHKENT, 27-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” AA va “Texnopark” MCHJ o‘rtasida axborot hamkorligi to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Yosh va jadal rivojlanayotgan tuzilma “Dunyo” AAning keng imkoniyatlarini hisobga olgan holda ushbu agentlik bilan o‘z faoliyati va park doirasida ishlab chiqarilayotgan yuqori texnologik mahsulotlarni xalqaro va mahalliy axborot makonida faol targ‘ib qilish bo‘yicha hamkorlik qiladi.

Hujjatga ko‘ra, “Dunyo” AA axborot platformalarida “Texnopark”ning imkoniyatlari, istiqbollari va salohiyati, bu yerda taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida reportajlar, maqola va boshqa materiallar nashr etadi.

100 gektardan ziyod hududni egallagan “Texnopark”da bugungi kunda  gaz hisoblagichlari, muzlatgichlar, sanoat konditsionerlari va sovutish tizimlari, suv nasoslari, qolip va matritsalar, liftlar va eskalatorlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan 6 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, 2021 yil oxiriga qadar import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan yana 11 ta yirik investitsiya loyihasini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Barcha loyihalarni amalga oshirish jarayonida 12 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi.

Mavzuga oid

Misr OAV: O‘zbekistonda 2 sentyabr kuni...

Журналист Фотима Бадавий томонидан ёзилган ушбу сарлавҳа остидаги мақола Мисрнинг “Ал-Хаба...

Rigada huquqni muhofaza qilish sohasida ...

O‘zbekistonning Rigadagi elchisi Qadamboy Sultonov Latviya ichki ishlar vaziri Sandis Girg...

15 iyuldan boshlab Rossiya chet eldan ke...

Shu yilning 15 iyuldan boshlab Rossiyaga kiruvchi xorijiy fuqarolar chegara-postlarida kor...

So`nggi yangiliklar