Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Sentabr/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

Eron OAV: SHHT-tahlikali dunyoda konstruktiv muloqot maydoni yohud Samarqandda bitilgan tarix

TEHRON, 30 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Eronning yetakchi «Iran Daily» gazetasining elektron nashrida «SHHT: tahlikali dunyoda konstruktiv muloqot maydoni yohud Samarqandda bitilgan tarix» sarlavhali  maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Unda joriy yil 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahri Shanxay hamkorlik tashkilotining yigirma ikkinchi sammitiga mezbonlik qilgani maʼlum qilingani holda butun dunyo nigohi qaratilgan ushbu tadbirga asrlar davomida millatlararo muloqot, o‘zaro madaniy va maʼnaviy hamkorlik, savdo va ilmiy almashinuvlar markazi bo‘lib kelgan shaharning tanlanishi bejiz bo‘lmaganiga urg‘u berilgan.

Materialda qayd etilganidek, dunyoda murakkab vaziyatlar kuzatilayotgan, diplomatiya ruhi o‘zgarayotgan, konstruktiv muloqot maydoni va imkoniyatlari qisqarib borayotgan bir sharoitda SHHT siyosiy o‘yinlardan xoli, ziddiyatlar chetga suriladigan samarali va amaliy hamkorlik mexanizmi sifatida yuzaga chiqmoqda.

«O‘zbekiston raisligida SHHT chinakam serqirra hamkorlik, o‘zaro ishonch va erkin muloqot tashkilotiga aylandi, o‘z salohiyatini qaytadan kashf etdi,- deyiladi nashrda. - Shu bilan birga, so‘nggi yillarda misli ko‘rilmagan darajada faollashgan ochiq va konstruktiv Yangi O‘zbekiston diplomatiyasi o‘z imkoniyatlarini keng mintaqaviy miqyosda ko‘rsata oldi».

Materialda taʼkidlanganidek, pandemiya boshlanganidan buyon so‘nggi uch yilda ilk marta yuzma-yuz muloqot shaklida o‘tkazilgan yirik anjumanda 14 ta davlat yetakchisi, Saudiya Arabistoni, Qatar va Misr vakillari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

«Sammitda SHHT tarkibi kengayib, sheriklik munosabatlari rivojlanib borayotganiga urg‘u berildi. Eronning Tashkilotga to‘laqonli aʼzo sifatidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi Memorandum, Misr va Qatar davlatiga muloqot bo‘yicha sheriklar maqomini berish to‘g‘risidagi memorandumlar hamkorlik doirasi kengayayotganidan dalolat beradi», deya qayd etgan fors gazetasi.

Nashrda, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan sammitda ilgari surilgan muhim va dolzarb tashabbuslar, ayniqsa, «Shanxay ruhi» tamoyili asosida va bugungi xalqaro vaziyatni hisobga olgan holda SHHTni 2040 yilgacha rivojlantirish strategiyasini tayyorlashga kirishish haqidagi taklif Tashkilot aʼzolari tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlanganiga alohida eʼtibor qartilgan.

«O‘zbekiston rahbari tomonidan SHHT raisligi doirasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida saksondan ortiq tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari darajasida o‘ttizdan ortiq hujjatlar qabul qilindi, - deb taʼkidlaydi Eron nashri. - O‘zbekiston shafeligida ilk bora ahamiyat jihatdan dolzarb bo‘lgan axborot xavfsizligi, sanoatni rivojlantirish va gender masalalariga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirkor ayollarning birinchi forumi aʼzo mamlakatlar biznes doiralarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni yana-da yaqinlashtirishga yordam bergan bo‘lsa, SHHTning axborot xavfsizligi bo‘yicha ilmiy-ekspert forumi zamonaviy tahdidlarga birgalikda qarshi kurashish asosida «tayanch nuqtalari»ni belgilab berdi».

Maqola yakunida «Samarqand sammiti umumiy xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lidagi o‘zaro hurmat, ishonch, konstruktiv hamkorlik prinsiplariga asoslangan yangi, inklyuziv muloqotni yo‘lga qo‘yish borasida o‘ziga xos namuna bo‘ldi va bunda so‘nggi yillarda sifat jihatidan mutlaq yangi ko‘rinish hosil qilgan o‘zbek diplomatiyasining o‘rni va roli beqiyosdir», deb yozadi  «Iran Daily».

Mavzuga oid

O‘zbekistonda nogironlar huquqlarining q...

Misrda ingliz tilida nashr etiladigan «Sada El Balad» gazetasida «Nogironlarga e’tibor O‘z...

Eron OAV: O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qi...

«Iran Daily» gazetasi va «Iran Online» axborot agentligi veb-sahifasida «O‘zbekiston 2022 ...

O‘zbekiston - Turkiya: mustahkam tarixiy...

O‘zbekiston-Turkiya diplomatik munosabatlarining 30 yilligi sanasi arafasida Turkiyaning «...

So`nggi yangiliklar