Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyul/2021   Media

“EU Reporter” Samarqandning sayyohlik salohiyati haqida


BRYUSSЕL, 29 iyul. /«Dunyo» AA/. Yevropaning “EU Reporter” internet-nashri sahifasida Samarqandning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 

Unda “Samarqandning Ipak yo‘li” deb nomlangan noyob sayyohlik majmui barpo etilayotgani bilan bog‘liq atroflicha ma’lumotlar yevropalik o‘quvchilarning e’tiboriga havola qilingan.   
Nashrning yozishicha, mazkur ko‘p tarmoqli majmua 2022 yili ochiladi. U nafaqat ko‘hna Samarqand shahrining, balki butun Markaziy Osiyoning zamonaviy diqqatga sazovor maskani bo‘lib qoladi va madaniy, gastronomik, tibbiy hamda ishbilarmonlik sayyohligining noyob ob’ektiga aylanadi. 
Maqolada qayd etilishicha, ushbu majmuaning nomi ongli ravishda tanlangan. Tarixdan ma’lumki, eramizdan oldingi II asrdan to eramizning XV asrigacha Buyuk Ipak yo‘lining yo‘nalishlari hozirgi O‘zbekiston hududi orqali o‘tgan, qadimgi Samarqand esa savdo karvonlari to‘xtab o‘tadigan eng muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan.
“EU Reporter” internet-nashri ma’lum qilganidek, majmua shaharning sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, kengligi 260 gektar maydondan iborat. Uning markazida Samarqand eshkak eshish kanalining suv yo‘li bor. Yangi majmuadan jahon andozalaridagi zamonaviy mehmonxonalar, ixtisoslashgan butik-otellar, zamonaviy  sayilgohlar, xiyobonlar, dam olish va sport xududlari, restoran, kafe va barlar, kongress-xoll hamda turli madaniy ob’ektlar joy oladi. Xalqaro me’morlar va muhandislar jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy loyiha Markaziy Osiyo mintaqasida o‘xshashi bo‘lmagan va turli mavzularni o‘zida aks ettiruvchi muvozanatlashtirilgan me’moriy ansambldan zavqlanish imkonini beradi. 
Mualliflarning ta’kidlashicha, “Samarqandning Ipak yo‘li” majmuasi shahar aholisi, butun dunyo sayyohlari va biznesmenlari katta qoniqish bilan xordiq chiqaradigan xalqaro sayyohlik markaziga aylanadi, majmuaning ochilishi esa Samarqand sayyohlik tarixidagi yangi davrning ibtidosi bo‘lib qoladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi FAO bosh direktori o...

O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi, FAO huzuridagi doimiy vakili Otabek Akbarov va BMT Oz...

Pokiston ommaviy axborot vositalari yang...

Pokistonning yetakchi «Daily Spokesman» gazetasi veb-saytida «Yangi O‘zbekistonda ayollar»...

O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi: ...

Hindistonning yetakchi axborot agentliklaridan biri - «Asian News International» («ANI New...

So`nggi yangiliklar