Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Iyul/2022   Sanalar

Finlyandiyadagi vatandosh: Davlatimiz gerbi birdamlik ramzidir

RIGA, 3-iyul. /“Dunyo” AA/. Finlyandiyada tahsil olayotgan yurtdoshimiz Odamboy Jumanazarov yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan tabrikladi:


– Davlatimiz ramzlari bizni bir oila kabi birlashtiruvchi, mamlakatimizning boy tarixi va anʼanalarini o‘zida mujassam etgan birdamlik ramzidir.

Bu yil “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi.

Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, har bir insonning vatanparvarligi mamlakat asosiy ramzlariga bo‘lgan hurmat-ehtiromdan boshlanadi. Davlat ramzlarimiz bizni mamlakatimizning boy tarixi va ulug‘vor anʼanalari bilan faxrlanishga undaydi. Buni men o‘z tajribamda o‘tkazmoqdaman. Bugun Vatandan yiroqda Finlyandiya zaminida bo‘lib turib, buni chuqur his etmoqdaman.

Gerbimizdagi barcha ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, ezgulik, baxt-saodat, to‘kinlik, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini o‘zida namoyon etadi. Gerbimiz o‘zini shu muqaddas diyor - O‘zbekiston farzandi deb bilgan har bir inson uchun cheksiz faxru-iftixor manbai hisoblanadi.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun bilan barcha yurtdoshlarimizga chin qalbdan o‘zimning samimiy tabriklarimini bildiraman.

Jonajon O‘zbekistonimiz ravnaqi va ko‘p millatli xalqimiz farovonligi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilish barchamizga nasib etsin.

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt, quvonch va farovonlik tilayman.

Mavzuga oid

Indoneziyadagi vatandosh: Gerbimiz o‘zin...

Indoneziyada istiqomat qilidigan vatandoshimiz Irina Alekseyeva O‘zbekiston Davlat gerbi ...

Toshkentda Xalqaro bolalarni himoya qili...

1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan poytaxtimizda «Mo‘jizalar k...

Ozarbayjonda Navro‘z bayramiga bag‘ishla...

Ozarbayjonda Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston elchixona milli...

So`nggi yangiliklar