Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/Fevral/2021   Sanalar

Fransiyadan munosabat: Luvr muzeyidagi Bobur madaniy merosiga oid manbalar Fransiya va Yevropa xalqlari uchun islom madaniyati va sivilizatsiyasi tarixi haqida maʼlumot olish uchun ajoyib imkoniyatdir


PARIJ, 14-fevral. /“Dunyo” AA/. Buyuk adib, shoir, yirik davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan Fransiyaning Luvr muzeyi Islom sanʼati departamenti direktori Yannik Lins o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

– Bobur bilan bog‘liq men uchun qiziqarli bo‘lgan jihat shundan iboratki, u o‘zining hayoti va faoliyati davomida XV asr oxiri va XVI asrning boshlarida zamonaviy O‘zbekiston hududi tarixda qanday muhim o‘rin tutganini eʼtirof etishdir. Markaziy Osiyo - Boburning buyuk faoliyati boshlang‘ich nuqtasidir.

U 12 yoshida Farg‘ona ulusining hokimiga aylanadi. Boshqa hukmdorlar singari o‘zining mavqeini kengaytirish va yirik sarkardaga aylanishni istab, Samarqand taxtini egallashga kirishib ketadi. Keyinchalik Samarqandni tashlab ketishga majbur bo‘lgan Bobur janubga qarab yo‘l oladi va Kobul shaxrida o‘z hokimiyatini o‘rnatadi. Bu hudud buyuk sarkarda uchun muhim bo‘lib, tarixdan bizga maʼlumki, Afg‘oniston boy zahiralari, jumladan, oltin va boshqa boyliklari bilan nom qozongan edi. Shunday qilib Bobur Kobulning hukmdoriga aylanadi. U bu yerda kuchli xokimiyat o‘rnatib, mashhur bo‘ladi.

Boburning hayoti ommaga keng maʼlum. U o‘zining rasmiy tarjimai holini yozishni maqsad qilgan va uni amalga oshirgan ilk hukmdordir. Ushbu shoh asar adabiyotga “Boburnoma” nomi bilan mashhurdir.

Muzeyimiz to‘plamlarida 16-asr oxiriga taalluqli bo‘lgan, “Boburnoma”da aks etgan miniatyuralar mavjud bo‘lib, ushbu suratlarda Farg‘onadagi janglar, Samarqandni egallash orzusi va Kobul tomon yurishlar tasvirlangan.

Fransuzlar va Yevropaning boshqa xalqlari uchun, jumladan, Luvr muzeyi uchun Bobur va uning tarixiy asari islom madaniyati va sivilizatsiyasining sharqiy hududlari, Markaziy Osiyo, Eron, Hindiston to‘g‘risida maʼlumot olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Mavzuga oid

Sohibqironning bugungi kotiblari

Amir Temur hazratlarining muxlislari turli millat va din vakillari orasida ¬hamisha bo‘lga...

7 aprel — Butunjahon salomatlik kuni

Bugun Butunjahon salomatlik kuni

Davlat xizmatlari agentligi 3 yoshda: ah...

Davlat xizmatlari agentligi 3 yoshda: aholi yengillik sezdimi?

So`nggi yangiliklar