Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Noyabr/2021   Jamiyat

Fransiyadan tabrik: Men uchun bayroq nondek moʻtabar va azizdir

PARIJ, 18 noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Fransiya ijtimoiy fanlar Oliy maktabi magistranti Mahzuna Yunusova o‘zining bayram tilagini yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


– 18 noyabr O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kundir. Albatta, bu biz uchun qadrli va muhim sanadir. Men har doim Parij ko‘chalarida O‘zbekiston bayrog‘ini hilpirab turganini ko‘rsam, butun vujudim quvonch va shodlikka to‘ladi, o‘zgacha faxr va iftixor hissini tuyaman.

Bayrog‘imiz Birlashgan Millatlar Tashkilotida hilpirab turar ekan, bu uning aʼzolariga O‘zbekiston nomli davlat, u mustaqil va ozod hamda kim ekanligimiz haqida so‘zlab beradi. Shuni taʼkidlashni istar edimki, men uchun bayroq nondek moʻtabar va azizdir.

2017 yildan buyon Parijda faoliyat yuritib kelayotgan “O‘zbek klubi” asoschisiman. Ushbu klub doirasida qator tadbirlarni uyushtirib kelmoqdamiz. Hech bir tadbirimiz mamlakatimiz bayrog‘isiz o‘tmagan va biz bundan faxrlanamiz.

Barchangizni ushbu qutlug‘ sana bilan chin yurakdan tabriklayman. Ayniqsa chel ellarda bo‘lib turgan barcha vatandoshlarimizni bayrog‘imiz qadrini yana-da yuksaltirishga munosib hissa qo‘shishga chaqirib qolaman.

Mavzuga oid

20-iyuldan 2-avgustga qadar O‘zbekiston ...

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini Vata...

Navoiy viloyati va Finlyandiyaning Lappe...

Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov ...

Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi ja...

Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi oʼz kasbdoshlariga murojaat yoʼlladi.

So`nggi yangiliklar