Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Oktabr/2021   Siyosat

Harakatlar strategiyasi doirasidagi besh yillik islohotlarning natijalari mamlakatimiz jamoatchiligi va xalqaro hamjamiyatga taqdim etildi


TOSHKЕNT, 5-oktabr. /«Dunyo» AA/. Bugun Toshkentda Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oishirilgan besh yillik islohotlarning natijalariga bag‘ishlangan «O‘zbekiston: besh yil ichida jadal islohotlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri. 

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari olib borilgan islohotlar natijalariga doir ma’ruzalarni taqdim etdi, fuqarolik jamiyati vakillari, mahalliy va xalqaro ekspertlarning baholari hamda fikr-mulohazalari tinglandi.

Konferensiyani ochar ekan, O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha mamlakatning strategik hujjati bo‘lganini qayd etdi. Joriy yil mazkur strategiyaning hayotga tadbiq etilishida yakuniy davr hisoblanadi. 

Sodiq Safoyev, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari: 

- Davlat apparati faoliyatining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ma’muriy islohot boshlangan va davom etmoqda. Xususan, 110 ta samarasiz idoralararo organ tugatildi, 10 ta yangi vazirlik va idora tuzildi, davlatga taalluqli 6 vazifa xususiy sektorga o‘tkazildi. Davlat va jamiyat ishlari boshqarilishida parlamentning roli kuchaymoqda. Hukumat soati instituti joriy etildi, Oliy Majlis palatalari muntazam ravishda sog‘liqni saqlash, tashqi ishlar, ichki ishlar, adliya vazirliklari va hukumatning boshqa a’zolari hisobotlarini tinglamoqda. 2019 yil har chorakda hukumatning davlat dasturlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobotlarini tinglash amaliyotga joriy etildi. 

Melissa Fleming, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari:

- 2015 yilda BMT Bosh Assambleyasi darajasida «Barcha uchun yanada yaxshi va barqaror kelajakka erishish rejasi» sifatida Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) ishlab chiqildi. O‘zbekiston ushbu maqsadlarga erishish uchun beshta asosiy yo‘nalish bo‘yicha milliy harakatlar strategiyasini ishlab chiqqanidan juda mamnunmiz. O‘zbekistonda amalga oshrilayotgan barcha islohotlar 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish kun tartibiga to‘la mos keladi.

Sharlott Adrian, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari, elchi:

- Bugungi konferensiya nafaqat Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy natijalari bilan tanishish, balki mamlakatni yanada isloh qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish jarayonida hisobga olinadigan baho va tavsiyalarini taqdim etish imkonini beruvchi xalqaro muloqot maydonchasiga aylandi.

Konferensiya doirasida Harakatlar strategiyasi markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov yangi avlod media mahsuloti - Reforms.uz yagona elektron platformasini taqdim etdi. U islohotlarning natijalari haqida oddiy va qulay shakldagi batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Platformani yaratish jarayonida Harakatlar strategiyasi markazi va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti mutaxassislari ko‘plab ma’lumotlarni, jumladan, rasmiy raqamlar va davlat organlari statistikasi, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning hisobotlari, xorijiy ekspertlar va fuqarolik jamiyati baholarini o‘rgandi. Ushbu platforma orqali mamlakatning istalgan fuqarosi o‘zini qiziqtirgan muayyan mavzudagi islohotlar natijalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Platformadagi barcha raqamlar qiyosiy, ya’ni 1991 yildan 2016 yilgacha va 2017 yildan 2021 yilga qadar bo‘lgan shaklda taqdim etilgan.

Mavzuga oid

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Res...

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘ri...

Xalqaro amaliyot: Diplomatik korpus va u...

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik korpusga xizmat ko‘r...

O‘zbekistonda Durban deklaratsiyasi va h...

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar...

So`nggi yangiliklar