Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Oktabr/2020   Iqtisodiy diplomatiya

Hind investori Xorazm viloyatidagi investitsion loyihalar bilan tanishdi


DEHLI, 9 oktyabr. /«Dunyo» AA/. Hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish, tarmoqlarga xorijiy sarmoyalarni keng jalb qilish maqsadida kecha mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi ko‘magida Hindistonning «Ishan Group” kompaniyasi raisi Rakesh Sharma, Xorazm viloyati va Yangibozor tumani hokimliklari vakillari va tadbirkorlari ishtirokida videokonferensiya shaklida muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda ֿ«Dunyo» AA muxbiri.

Onlayn-tadbirda, shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi mutaxassislari ham qatnashdi.

Muloqotda Xorazm viloyati iqtisodiy salohiyati va mavjud imkoniyatlar haqida batafsil axborot berildi. Hind tadbirkoriga tarmoqlar va viloyatning tumanlar kesimida manzilli loyihaviy takliflar taqdim etildi.

Rakesh Sharma viloyatda qizilmiya ildizini qayta ishlash, turizm infrastrukturasini tashkil qilish, dori-darmon vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarga qiziqish bildirdi. Bu borada hind tadbirkorini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Muzokaralar yakunida «Ishan Group» kompaniyasi rahbarining Xorazm viloyatiga tashrifini tashkil qilish va taklif etilgan loyihalar bo‘yicha amaliy qadamlar qo‘yishga kelishildi.

Mavzuga oid

Ukrainaning Xarkov viloyati O‘zbekiston ...

O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi tashabbusi bilan Xarkov viloyati Savd...

Transport sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘...

Xalqaro avtomobil transporti bo‘yicha O‘zbekiston – Latviya qo‘shma komissiyasining navbat...

O‘zbekiston va Hindiston banklari mamlak...

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ko‘magida "O‘zsanoatqurilishbank" va Hindiston E...

So`nggi yangiliklar