Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Mart/2020   Jamiyat

Ichki ishlar vazirligi: vahima tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud


TOSHKENT, 16 mart. /«Dunyo» AA/. Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash 44 million 600 ming so‘mdan 89 million 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab bo‘ladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Ichki ishlar vazirligi manbasiga tayanib.

Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma'lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 million 900 ming so‘mdan 89 million 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga asos bo‘ladi.

Xususan, yuqoridagi harakatlar:

– oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan;

– xizmat mavqeidan foydalanib;

– diniy tashkilotlardan, shuningdek, chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan olingan moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalanib;

– ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikasiya tarmoqlaridan, shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mavzuga oid

O'zbekistonda aholining koronavirusdan x...

"Ijtimoiy fikr" markazi tomonidan "Express-modus" jamoatchilik modus blok monitoringi doir...

Tibbiyot sohasida AKTni rivojlantirish...

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida Avstriyaning «AME International GmbH» kompaniyas...

Maʼmuriy tartib-taomillar sohasida Yapon...

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakillari Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi I...

So`nggi yangiliklar