Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Aprel/2021   Iqtisodiyot

“INNOPROM”: kelajakka vodorod energiyasi bilan


TOSHKENT, 7-aprel. /“Dunyo” AA/. “INNOPROM” xalqaro ko‘rgazmasi dasturidan o‘rin olgan «Energetikada innovatsiyalar» sessiyasida O‘zbekiston va Rossiya mutaxassislari iqlim o‘zgarishi taʼsirida energetika sanoatining o‘zgarishi, isteʼmolchilar talablarining ortishi va yuqori texnologiyalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Sessiya davomida dunyoning turli mamlakatlari duch kelayotgan iqlim o‘zgarishi mavzusiga to‘xtalib o‘tildi. Notiqlarning taʼkidlashicha, bu bilan faqat issiqxona effekti va SO2ni kamaytirish hisobiga kurashish mumkin. Shu bilan bir qatorda bugungi kunda vodorod energiyasining ahamiyati ham tobora ortib bormoqda.

Sessiyada SovTest (Rossiya) ishlanmalarining namunalari, xususan, shamol generatori, quyosh panellari va vodorod zavodini o‘z ichiga olgan gibrid elektr stansiyasini yaratish loyihasi taqdim etildi. Ushbu loyiha sheriklar, shu jumladan, O‘zbekiston tomonidan ko‘rib chiqish uchun taklif qilingan.

«Xitoy 2030 yilgacha transportning katta qismini vodorodga o‘tkazishni rejalashtirmoqda.  Germaniyada o‘tgan yili vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha maxsus dastur qabul qilindi va 2050 yilga kelib nemislar o‘z iqtisodiyotini karbonsizlashtirish ustida izlanish olib bormoqda. Yaʼni ular butunlay dizel yoqilg‘isidan voz kechib, hamma joyda vodorod, shamol, quyosh energetikasidan foydalanadi.  Janubiy Koreyada 2040 yilga kelib vodorod bo‘yicha milliondan ortiq transport birligi bo‘ladi, AQSHda 2020 yil vodorodda ishlaydigan zamonaviy yuk mashinalari ishlab chiqarishni boshlaydi», - dedi Rossiya kompaniyasi bosh direktorining o‘rinbosari Denis Urmanov.

Maʼruzachiga ko‘ra, Rossiyada ham ushbu mavzuga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda: «o‘tgan yili Rossiyada vodorod energetikasini 2024 yilgacha rivojlantirish to‘g‘risida hukumatning maxsus qarori qabul qilindi», dedi u.

Sessiya ishtirokchilari vodorod energiyasi kelajak energetikasi ekanini maqulladi. Taʼkidlanishicha, ushbu sohadagi hamkorlik katta istiqbollar ochib beradi.

Mavzuga oid

Xitoy kompaniyasi sarmoyaviy loyihani am...

O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasida «Beijing Xinshiyuan...

O‘zbekiston mebel ishlab chiqaruvchilar...

O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi raisi Muxtor Umarov boshchiligidagi mebel ishlab chiqa...

O‘zbekistonning qandolatchilik brendi Ri...

Mamlakatimizning Latviyadagi elchixonasi ko‘magi bilan O‘zbekiston milliy brendi «Crafers»...

So`nggi yangiliklar