Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/May/2022   Jamiyat

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati BAAning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi

TOSHKENT, 18-may. /“Dunyo” AA/. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi  rahbariyati vakillari – O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, vazir o‘rinbosarlari Laziz Kudratov va Shuhrat Vafoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning vafoti munosabati bilan taʼziya izhor etish maqsadida BAAning O‘zbekistondagi elchixonasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi maʼlumotiga ko‘ra,  BAAning O‘zbekistondagi elchisi Said Matar Sulton as-Siri al-Kamzi bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning BAAning qisqa vaqt ichida jahon mamlakatlari orasida namunaviy keskin o‘sishni namoyish etgan eng jadal rivojlanayotgan davlatlardan biri sifatida shakllanishidagi ulkan hissasi qayd etildi.

Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon prezidentligi davrida O‘zbekiston va BAA ikki tomonlama munosabatlari faollashgani hamda sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida taʼkidlandi.

O‘z navbatida, BAAning diplomatik vakolatxonasi rahbari hamdardlik so‘zlari uchun chuqur minnatdorlik hamda barcha sohalarda keng ko‘lamli ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Elchixonaga tashrifi chog‘ida Sardor Umurzoqov maxsus taʼziya kitobida yozuv qoldirdi.

Mavzuga oid

Fransiyadan tabrik: Men uchun bayroq non...

O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Fransiya ijti...

AOKA direktori Buyuk Britaniya elchisi T...

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev va Buyuk B...

Turkiya bilan Movarounnahr ilmiy merosin...

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Turkiyadagi ...

So`nggi yangiliklar