18/May/2022 Jamiyat
TOSHKENT, 18-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar univesitetida (O‘zJOKU) “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tuzilma doirasidagi hududda barqarorlikni taʼminlashning asosiy omili” mavzusiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda siyosatshunoslik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar, ekspert va talabalar, shuningdek SHHTga aʼzo va kuzatuvchi davlatlarning vakillari ham ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqan ekspertlar tashkilotning maqsad va vazifalari, mamlakatimizning SHHT faoliyatida tutgan o‘rni va tashkilotdagi o‘zgarishlar haqida maʼlumotlarni ishtirokchilar eʼtiboriga havola qildi.
Anjuman talabalar uchun xalqaro munosabatlar va diplomatiya sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, ko‘nikmalarni takomillashtirish, tashkilotga aʼzo mamlakatlarning talabalari bilan muloqot o‘rnatish, bahs-munozara olib borish madaniyatini yuksaltirish hamda yangi g‘oya va loyihalar ishlab chiqish nuqtai nazaridan o‘ziga xos voqea bo‘lgani barobarida ularning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti faoliyatiga nisbatan qiziqish va bilimlarini oshirishga ko‘maklashdi.