Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Fevral/2020   Madaniyat

Ispaniya nashrida Xalqaro hunarmandchilik festivaliga oid maqola chop etildi


MADRID, 27 fevral. /«Dunyo» AA/. Ispaniyaning ixtisoslashgan «OficioyArte» jurnalida Ispaniya hunarmandlari tashkiloti delegatsiyasining o‘tgan yil sentyabr oyida Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan Xalqaro hunarmandchilik festivalidagi ishtiroki, undagi natijalar haqida maqola chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Maqolada tadbir tantanali ochilish marosimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Jahon hunarmandlar kengashi Prezidenti Rozi Grinlisning nutqlari bilan boshlangani yodga olinadi.

“Festivalda 78 mamlakatdan 370 nafar usta, shuningdek, Markaziy Osiyo, Rossiya, Belarus, Armaniston, Xitoy, Hindiston, Malayziya davlatlari madaniyat vazirlari ishtirok etgandi”, deyiladi materialda.

Muallif Qo‘qon shahri haqida gap ketganda, uning Farg‘ona vodiysidagi muhim manzil ekani, Farg‘ona G‘arbida joylashgani, necha asrdan buyon avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan an’analar, milliy qadriyatlar va boy tarixga egaligini ta’kidlaydi.

“Ispaniyalik mehmonlar mashhur Marg‘ilon shahrida bo‘lib, milliy mato – atlasni qo‘lda tayyorlash jarayoni, Rishtonda esa kulolchilik buyumlari tayyorlash an’analari bilan yaqindan tanishdi”, deydi ispaniyalik jurnalist.

Eslatib o‘tamiz, festival hamda «Hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini rivojlantirish istiqbollari» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada Ispaniyadan Sara Lopez («Koko Soko», zargarlik ustaxonasi, Saragosa), Margot Sembreros («Xuegos del Mundo», teri ustaxonasi, Xixon), Lola de Dios (Ispaniya hunarmandlari tashkiloti vakili) qatnashgandi.

Mavzuga oid

«Yoshlar ijod saroyi» qoshidagi Yoshlar ...

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida ...

Fransiyadan munosabat: Temuriylar davri ...

Toshkent shahrida O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yich...

Toshkentda o‘zbek-grek do‘stligiga bag‘i...

Kecha Toshkent shahar grek madaniyati jamiyatida o‘zbek-grek do‘stligiga bag‘ishlangan «Si...

So`nggi yangiliklar