Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/May/2021   9 may - Xotira va qadrlash kuni

Italiya elchisi: Biz bugungi ozod hayot uchun jonini fido qilganlarni doimo esda tutamiz


TOSHKENT, 9-may. /“Dunyo” AA/. Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi Agostino Pinna “Dunyo” axborot agentligiga bergan intervyusida mamlakatimiz xalqini 9 may - Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy qutladi.

- Bugun O‘zbekiston xalqi uchun juda ham muhim sana - Xotira va qadrlash kuni. Mamlakatning ko‘plab aholisi Yevropani fashizmdan ozod qilish uchun o‘z hayotini tikkanini yaxshi bilamiz. Ularning qahramonligiga hurmat bildirib, bugun biz urush frontlarida halok bo‘lganlar xotirasini va o‘sha og‘ir paytlarni yod etib, gulchambar qo‘yish marosimida qatnashdik.

Yevropa urushdan keyin qayta shakllandi, Italiya ham fashizmdan ozod bo‘lib, demokratik va farovon mamlakatga aylandi. Biz ham tarixdagi ushbu lahza - ozodlik kunini xotirlaymiz, uni har doim hurmat bilan eslashimiz va unutmasligimiz kerak.

Men butun O‘zbekiston xalqini, ayniqsa, bugun oramizda umrguzaronlik qilayotgan urush veteranlarini ushbu bayram bilan tabriklayman. Biz bugungi ozod hayot uchun jonini fido qilganlarni doimo esda tutamiz.

Mavzuga oid

Rossiyadagi arxivdan Sobir Rahimov haqid...

general-mayor Sobir Rahimovning Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Markaziy arxivida ...

Xotira va qadrlash - tarix va kelajakni ...

9 may mamlakatimizda umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi...

So`nggi yangiliklar