Uz / Ўз Ru En

Toshkent

15/Iyun/2020   Jamiyat

Italiya va Hindiston parlamentlari bilan hamkorlik guruhlari tashkil etildi


TOSHKENT, 15-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Italiya va Hindiston parlamentining Deputatlar palatasi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruh tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Qonunchilik palatasi manbasiga asoslanib.

Italiya va Hindiston parlamentlari bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhning maqsadi oliy qonun chiqaruvchi organlar o‘rtasida aloqalarni mustahkamlash, shu orqali davlatlarimizning turli sohalardagi munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishdan iboratdir.

O‘zbekiston – Italiya parlamentlararo guruhiga Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Narimon Umarov rahbar etib tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi Shuhrat Bafayev esa Hindiston parlamentining Lok sabxasi bilan hamkorlik guruhi faoliyatiga rahbarlik qiladi.

Mavzuga oid

AKFA universiteti Yaponiyaning yetakchi ...

O‘zbekistonning xususiy oliy o‘quv yurti — AKFA universiteti Nagoya shahri universiteti (N...

Amerikalik mutaxassis "STEAM" dasturi bo...

AQShning Vermont shtati "Charlotte Central" maktabi o'qituvchisi Allan Miller joriy yilnin...

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida O...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi regulation.gov.uz saytida muhokama...

So`nggi yangiliklar