Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Oktabr/2022   Hamkorlik

ITSVda Islandiya kompaniyasi rahbariyati bilan investitsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi

TOSHKENT, 8-oktabr. /“Dunyo” AA/.  Kecha O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Islandiyaning  “Loftleiðir”  kompaniyasi  vitse-prezidenti Erlendyur Svavarsson boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra,  uchrashuvda turli sohalardagi loyihalarga investitsiyalarni jalb qilish istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, tomonlar havo transporti sohasidagi, qayta tiklanadigan energiya manbalarini barpo etish hamda yuqori texnologiyalarni rivojlantirish loyihalariga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish masalalarini  ko‘rib chiqdi.

“Loftleiðir”   rahbariyati kompaniya xorijdagi sanoat va infratuzilma obektlarini xususiylashtirish bo‘yicha katta tajribaga ega ekanligini taʼkidladi hamda O‘zbekistonning yirik korxonalarini xususiylashtirishda ishtirok etish niyati, shuningdek, ushbu sohalarda tadbirkorlarga maslahat xizmatlarini ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Mavzuga oid

Valdemar Buda: Polsha va O‘zbekiston uch...

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Polsha Savdo palatasi tomonidan tashkil etilgan «2023 yi...

O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari G...

Joriy yil 21-24 iyun kunlari Germaniyaning iqtisodiy markazlaridan biri - Frankfurt-Maynda...

O‘zbekiston harbiylari AQSHda o‘tkazilga...

O‘zbekiston mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, kichik serjantlar Anvar Tursunov va Az...

So`nggi yangiliklar