Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/May/2022   Ta'lim

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Inkubatsiya va akseleratsiya markazi ochildi

TOSHKENT, 18-may. /“Dunyo” AA/. Kecha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar o‘rtasida IT-loyihalarni rivojlantirish uchun Inkubatsiya va akseleratsiya markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, marosimda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari, universitet rektori Sodiq Safoyev, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, IT Park direktori Farxod Ibragimov, tashqi ishlar, oliy va o‘rta taʼlim vazirliklari vakillari, oliy o‘quv yurtlari rektorlari, yetakchi xususiy kompaniyalar rahbarlari, OAV vakillari, JIDU o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.

Sodiq Safoyev  markazning tantanali ochilish marosimidagi nutqida  quyidagilarni taʼkidladi: «Raqamli texnologiyalarning faol rivojlanishi bugungi kunda butun dunyoda asosiy trend hisoblanadi. Tobora ko‘proq mamlakatlar ushbu o‘zgarishlarning ahamiyatini anglab yetib, ushbu yo‘nalishga alohida eʼtibor qaratmoqda, davlat, ijtimoiy, taʼlim va boshqa jarayonlarni har tomonlama raqamlashtirishga qaratilgan milliy raqamli rivojlantirish strategiyalarini qabul qilmoqda.

«Raqamli diplomatiya» atamasi mustahkam o‘rin olgan xalqaro munosabatlar sohasida ham jadal rivojlanish kuzatilmoqda. O‘zbekistonda davlatimiz rahbarining Farmoni bilan «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi qabul qilindi. Ushbu keng ko‘lamli dasturiy hujjat iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va mamlakatimiz hududlarini raqamli o‘zgartirish bo‘yicha yo‘l xaritalarini o‘z ichiga oladi».

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti «Huawei Technologies» kompaniyasi bilan birgalikda yagona IT ekotizimini yaratish konsepsiyasi – «Smart University»ni amalga oshirishga kirishdi. Bugun ochilayotgan uchun Inkubatsiya va akseleratsiya markazi uning tarkibiy qismi hisoblanadi. Markaz iqtidorli talabalarning g‘oyalarini ochib berish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga mo‘ljallangan va startap loyihalarini yaratish uchun rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

Universitet hududidagi markaz uchun jihozlangan auditoriyalar ajratilgan, ular orasida interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun 60 kishilik auditoriya, muzokaralar xonasi mavjud. Barcha zarur jihozlarga ega alohida kovorking-ofis, loyiha bosqichlari taqdimotlari uchun ixtisoslashtirilgan auditoriya mavjud. Markaz faoliyati doirasida talabalar uchun maslahatlashuvlar, turli tanlovlar o‘tkaziladi.

Talabalar, shuningdek, 8 ta modulni o‘z ichiga olgan inkubatsiya dasturlariga ham jalb qilinadi. Ushbu modullar turli biznes sohalaridagi maʼruzachilar ishtirokida o‘tkaziladi, bu esa talabalarga o‘z loyihasini samarali va batafsil ishlab chiqish imkonini beradi.

Inkubatsiya dasturi davrida JIDU professor-o‘qituvchilari talabalarga marketing, loyiha boshqaruvi, yurisprudensiya, marketing tadqiqotlari va biznes rejalar va hokazolar bo‘yicha bilim olishga yordam beradi. Inkubatsiya dasturining oxiriga kelib, talaba investitsiya fondlari bilan hamkorlik qilish uchun puxta ishlab chiqilgan taqdimotlarga ega bo‘ladi. Har bir modul bo‘yicha o‘qish bilan bir qatorda, rezidentlarga xatolar ustida ishlash va mahsulotlarni takomillashtirish uchun koordinator bilan ekspert sessiyasi o‘tkaziladi.

Tadbir doirasida mehmonlarga universitet talabalarining taʼlim va qurilish sohasidagi startap g‘oyalari taqdimotlari ham o‘tkazildi. Bundan tashqari, JIDU bitiruvchisi, Black Swan Consulting yuridik konsalting kompaniyasi rahbari A. Axmedov tomonidan «Startap va venchur investitsiyalarni rivojlantirish istiqbollari: normativ-huquqiy baza, qonunchilikdagi kamchiliklar, amaldagi va xorijiy amaliyot» mavzusida interfaol mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mavzuga oid

Orolbo‘yi hududida Eron texnologiyasi as...

Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida Qoraqalpog‘iston investitsiyalar va tashqi savdo vazirl...

AQSH elchisi poytaxtimizda qurilayotgan ...

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod ...

O‘zbekiston elchixonasi O‘zbekiston yosh...

Dunyoda chet ellik talabalar bepul yoki eng kam semestr to‘lovi evaziga o‘qishi mumkin bo‘...

So`nggi yangiliklar