Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Oktabr/2022   Sayyohlik

Janubiy Koreya kompaniyasi rahbari Toshkent shahar hokimligida qabul qilindi

SEUL, 5-oktabr. /“Dunyo” AA/. Avval xabar qilinganidek, mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ko‘magida “Daewoo Construction Group” kompaniyasi raisi Jung Von Ju boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyurdi.


Bugun delegatsiya vakillari Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Toshkent shahar hokimligi bergan maʼlumotga ko‘ra, muloqot chog‘ida Janubiy Koreya kompaniyalarining Toshkent bilan hamkorlik qilishga bo‘lgan qiziqishidan mamnuniyat bildirildi.

Bugungi kunda poytaxtda «Bomi Engineering & Construction Co Ltd» kompaniyasi Tashkent City‘da, «Evergreen Motors Group» kompaniyasi esa Seul ko‘chasida yirik biznes markazlarni bunyod etayotganini aytib o‘tildi. Shuningdek, Janubiy Koreyaning boshqa qator kompaniyalari ham turli sohalarda faoliyat yuritayotganini qo‘shimcha qilindi.

Toshkent shahar hokimligi vakillari «Daewoo Construction Group» delegatsiyasini poytaxtda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan yirik loyihalardan biri bilan tanishtirdi.

Poytaxtimizning Yangihayot va Bektemir tumanlariga taalluqli bo‘lgan ushbu loyiha turar joylar, yirik savdo majmualari, sanoat hududi va ijtimoiy obyektlar qurilishini o‘z ichiga oladi. Mehmonlarga loyiha yuzasidan tayyorlangan videorolik namoyish etildi va ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

«Daewoo Construction Group» raisi Jung Von Ju do‘stona qabul va samimiy munosabat uchun minnatdorlik bildirdi. Toshkentdagi o‘zgarish va yangilanish jarayonlarini, o‘zbek xalqining mehmondo‘stligini alohida eʼtirof etib, xalqlarimizning madaniyati juda yaqinligiga to‘xtalib o‘tdi. Bugungi kunda mazkur kompaniya tomonidan AQSH, Vyetnam va Filippinda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar – Smart citylar borasida maʼlumot berdi. Toshkent bilan ham bu borada muhim kelishuvga erishilsa, ana shunday keng ko‘lamli zamonaviy loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirdi. Shuningdek, Janubiy Koreyaning yana ko‘plab kompaniyalari O‘zbekistonga kirib kelib, investitsiya kiritishini qo‘shimcha qildi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlik masalasidagi amaliy muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.

Mavzuga oid

Turkiya nashrida O‘zbekistonda pandemiya...

Yevroosiyo tadqiqotlar institutining tahliliy byulletenida turizm sohasida koronavirus pan...

Samarqandda «Discovering Uzbekistan» xal...

Samarqandda «Discovering Uzbekistan» xalqaro sayyohlik anjumani bo‘lib o‘tdi

«Die Welt»: O‘zbekistonga xush kelibsiz...

Germaniya «Die Welt» kundalik gazetasining «Reiseguide» maxsus ilovasida «O‘zbekistonga xu...

So`nggi yangiliklar