20/May/2022 O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida
SEUL. 20 may. /Dunyo AA/. Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi vakillari Koreya Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Immigratsiya xizmati masʼul xodimlari bilan muzokaralar o‘tkazdi, deya xabar bermokda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi mehnat resurslarining salohiyati to‘g‘risida, xususan, mamlakatimizda joriy etilgan yangi xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi haqida maʼlumot taqdim etildi.
Muzokaralarda Janubiy Koreya korxonalarida O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan taʼminlash, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasida vaqtinchalik mavsumiy ishlarga yurtdoshlarimizni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Koreya Respublikasi hududida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari tomonidan qonunchilik talablarini buzish holatlarining oldini olish bo‘yicha hamkorlik bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.
Uchrashuvda Janubiy Koreya vakillari o‘zbekistonliklarni Bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha mamlakatga kirishga ruxsat berish imkoniyatini ko‘rib chiqilishini bildirdi.